Farg‘onaga koronavirus qaytdi
Jamiyat
−
06 iyul 2020
18606Bugun, 6 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 141 nafarga ortib, 10284 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida);
• 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida;
• 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3664 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Farg‘ona viloyatining barcha tuman va shaharlari “yashil” hududlar sirasiga kiritilgandi.
LiveBarchasi