Farg‘onada yo‘l o‘rtasida 21 yoshli yigitni do‘pposlagan erkak qamoqqa olindi
3-sahifa
−
21 avgust
7867Avvalroq, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani markazida 36 yoshli erkak 21 yoshli yigitni kaltaklab, yerga sudragani, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi. Endilikda 36 yoshli O.X. qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
“Dadam yonimizdagi dalada qo‘y boqib yurgan ekan. “Sen cho‘loqsan!” deb otamning shaxsiyatiga tegibdi. Shundan so‘ng bolani izlab bordim va kechirim so‘rashini aytdim. Lekin borgisi kelmay, qarshilik qilgani uchun jahl ustida urib yubordim”, degan ayblanuvchi.
Tuman markaziy shifoxonasining dastlabki ma’lumotida jabrlanuvchi A.B.ga bosh, yuz, burun, lab ichki yuzasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.X. qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada maktab direktori ro‘molini yechmasligini aytgan o‘quvchi qizni do‘pposlagandi.
LiveBarchasi