Toshkentda kvartirani narkolabaratoriyaga aylantirganlar ushlandi (video) 

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tashkil etilgan narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yilib, 6000 ta bir martalik dozaga teng bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tarqalishining oldi olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yunusobod tumanida ikki nafar shaxs qo‘lga olinib, ularning yonidan 15 dona pregabalin hamda bir dona tropikamid kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan. 

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, fuqarolarning vaqtincha yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u yerda 2,5 kilogramm pregabalin va 500 gramm tropikamid suyuqligi, 100 ming dona bo‘sh kapsulalar hamda ularni qadoqlash uchun ishlatiladigan turli xil buyumlar topilib, daliliy ashyolar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi tanlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliq va Ohangaron shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ikki yirik narkolabaratoriya faoliyatiga chek qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Yunusobod Ichki ishlar vazirligi narkolabaratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing