Toşkentda narkotik savdosi bilan şuğullangan yoşlar qölga tuşdi (video)
3-sahifa
−
12:40 305 2 daqiqa
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 52,8 ming dozaga teng giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 21 oktyabr kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti hududiy bölinmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toşkent şahrining Uçtepa va Bektemir tumanlari, şuningdek, Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida tezkor tadbirlar ötkazilgan.
Tadbirlar davomida 2004 yilda tuğilgan uç nafar şaxs Tracker rusumli avtomobilda giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatayotgan vaqtida qölga olingan. Ular jinoiy guruhda omborçi va “zakladçik” vazifalarini bajargani aniqlangan.
Ularning yaşaş xonadonlari, yon-atrofi va ijaraga olgan dala hovlilari közdan keçirilganda, 500 gramm “marixuana”, 2 kilogrammdan ortiq mefedron, 1 ming dona zip-paket, tarozilar hamda giyohvandlik vositalarini qadoqlaş va tarqatişda foydalaniladigan boşqa buyumlar topilgan.
Şundan söng, guruhning qolgan a’zolarini aniqlaş va qölga oliş maqsadida tezkor tadbirlar Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida davom ettirilgan. Natijada oçiq dala maydoniga yaşirilgan sintetik giyohvandlik vositalarini oliş uçun kelgan şaxslar va ularning jinoiy şeriklari uşlangan. Ular orasida turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoşlar, şuningdek, 1999 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonçilik) va 169-moddasi (Öğrilik) bilan sudlangan şaxs hamda uning 2000, 2001 va 2007 yillarda tuğilgan şeriklari bor.
Tezkor suriştiruv davomida aniqlanişiça, ular bir neça oy davomida internetdagi narkodökonda jinoiy guruh rahbarlarining topşiriqlarini bajarib kelgan. Dastlab “zakladçik”, keyinçalik esa omborçi sifatida faoliyat yuritgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan uyuşgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda sintetik giyohvandlik vositalari va boşqa narkotik moddalarni noqonuniy tarqatiş bilan şuğullangan jinoiy guruh a’zolari qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr