Farg‘onada yerni 140 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarosi ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘onada 14 gektar yer maydonini hech qanday hujjatlarsiz 140 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli fuqaroning arizasiga ko‘ra Quvasoy shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor-tadbirlar natijasida asli Qirg‘izistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Quvasoy shahri Qo‘chqor qishlog‘idagi bog‘dorchilik fermer xo‘jaligiga uzoq muddatga ijaraga berilgan 14 gektar yer maydonini hech qanday hujjatlarsiz 140 ming AQSH dollariga sotishga kelishgani aniqlangan.

Rossiya fuqarosi oldindan 15 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Nurobod tumanida 120 ming, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 ming hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida 14 ming AQSH dollariga yer sotilishi holatlarining oldi olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona er

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing