Farg‘onada yana 3 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 18 may kuni soat 14:50 larda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, “O‘qchi” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-154 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lining 12 kmda 3 yashar bolaning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 

Haydovchi 1998 y.t. I.M. “Vaz-21011” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, to‘satdan yo‘lga yugurib chiqqan piyoda 2017 y.t. E.T.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, voyaga yetmagan 3 yoshli E.T. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani "O‘qchi" mahallasida 3 yashar bola traktor tirkamasi bosib ketishi natijasida halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing