Farg‘onada vagon ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 13 yoshli bolani tok urdi

3-sahifa

image
Selfi uchun qurbon bo‘lganlar north_east

Selfi uchun qurbon bo‘lganlar

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 7 sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 28 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Bola Bag‘dod tumanida joylashgan 61-sonli umumta’lim maktabining 7-sinfida tahsil olgan. U belgilanmagan joydan o‘tib, vagon ustiga rasmga tushish uchun chiqqan.

“Bolaning ahvoli juda og‘ir edi. Ko‘rsatilgan yordamlardan so‘ng, zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga olib chiqildi. Tananing yuz, bo‘yin, ko‘krak, qorin, qo‘l va son sohalarining 50 foiz atrofida elektr tokidan kuyishi, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Hozirda bemorning holati dinamikada yaxshilanib bormoqda”, deydi shifokor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilarini tok urgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing