Farg‘onada o‘g‘ri uni sezib qolgan ayolni bolalarining ko‘z oldida o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida internet o‘yinlarida qarz bo‘lib, o‘g‘rilikka tushgan va qotillik qilgan 25 yoshli erkak qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi. 

Qayd etilishicha, 1999 yilda tug‘ilgan erkak internetdagi o‘yin uchun qarz olib, uni vaqtida qaytara olmagan va uyi atrofidagi xonadonga o‘g‘irlikka tushgan. O‘g‘irlik paytida uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan uxlayotgan ayol uyg‘onib ketgan va erkak o‘zi bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jism bilan ayolni o‘ldirgan. 

Bildirilishicha, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi va 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Farg'ona o'g'ri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing