Farg‘onada tanishini qasddan o‘ldirgan fuqaro umrbodga qamalishi mumkin
3-sahifa
−
13 iyul 19428 2 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida tanishini mashinada urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu jinoyat ishi qayta malakalandi. Bu haqda Bosh prokuroratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur jinoyat ishi hujjatlari prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilgan.
O‘rganishda ayblanuvchi shaxsning xatti-harakatlarida qasddan odam o‘ldirish jinoyati alomatlari mavjudligi aniqlangani sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga (qasddan odam o‘ldirish) qayta malakalangan.
Bildirilishicha, hozirda prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslar o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Voqea qanday sodir bo‘ldi?
Ayanchli holat joriy yilning 10 iyul kuni sodir bo‘lgandi. Fuqaro F.Z. Farg‘ona shahar O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tanishi M.A. bilan o‘zaro gap talashib janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, o‘ziga tegishli Lacetti rusumli avtomobilida M.A.ni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Tico avtomobili yosh bolani urib yuborgandi. YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi