Farg‘onada tanishini 19 marta pichoqlab o‘ldirgan erkak uzoq muddatga “kesildi”
3-sahifa
−
05 iyun 2021
7682Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida mast holatda birga maishat qilgan tanishini 21 marta pichoq urib o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil 15 noyabr kuni 38 yoshli muqaddam sudlangan N.X. ismli erkak tanishi I. va R. bilan uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda I. bilan janjallashib qolgan. Nizo kattalashib, N.X. tanishi I.ga oshxona pichog‘i bilan 21 marotaba qasddan tanasining turli joyiga jarohat yetkazgan. Buning oqibatida fuqaro I. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida ayblanuvchiga 19 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Dastlabki sud instansiyasi qarori ustidan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudiga apellyatsiya shikoyati kiritilgan. Biroq apellyatsiya instansiyasi birinchi hukmni o‘z kuchida qoldirgan.
LiveBarchasi