Farg‘onada suv ta’minoti xodimlari kaltaklandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida suv ta’minoti xodimini fuqaro kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Ismoil Sharipov bilan bog‘landi.

Uning bizga ma’lum qilishicha, joriy yilning 15 avgust kuni “Farg‘ona suv ta’minot” AJ ishchisi S.M. hamkasbi B.A. bilan Farg‘ona tumani “Vaziyo” mahallasiga xizmat yuzasidan borgan. U yerda o‘zaro kelishmovchilik tufayli fuqaro N.R. bilan janjal kelib chiqqan. Oqibatda N.R. xodimlar S.M. va B.A.larga tan jarohati yetkazgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchilar olgan tan jarohatlari darajasini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda “O‘zsuvta’minot” xodimlari kaltaklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona suv ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing