Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Farg‘onada “opiy” va “gashish” sotayotganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Ichki ishlar vazirining farmoyishi asosida joriy yilning 16 fevral kuni Farg‘ona viloyatida olib borilgan “Tozalash” kompleks tezkor profilaktik tadbirlarida navbatdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Jumladan, Farg‘ona shahrida 1963 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanib, sud tomonidan xavfli retsidivist deb topilgan shaxs qo‘lga olindi. U yashash xonadoni oldida “maxsus xaridor”ga 130 million so‘m evaziga 1 kilogramm “opiy” giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

DXX Farg‘onada qoradoriga qarshi reydda 8 kishini ushladi north_east

DXX Farg‘onada qoradoriga qarshi reydda 8 kishini ushladi

Quvasoy shahrida esa 1993 yilda tug‘ilgan shaxs boshqarib borayotgan Monza rusumli avtomashina shaharning Qo‘prikboshi ko‘chasida to‘xtatib tekshirildi. Avtomashina salonida 601 gramm “gashish” va 3 gramm “opiy” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida olib borilgan “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida 86 ta jinoiy, 853 ta ma’muriy – jami 939 ta holat aniqlangandi. 98 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 889 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan. 49 ta jinoyat fosh etilib, 31 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. 1167 nafar shaxs rasmiy ogohlantirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona gashish opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing