Farg‘onada Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida joriy yilning 13 iyul kuni yengil avtomobil va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati IIBning ma’lum qilishicha, fuqaro E.F. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini “Sho‘rsuv” mahallasi hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan M.A. boshqaruvidagi SHACMAN rusumli yuk avtomashinasiga urilgan. Natijada Nexia avtomashina haydovchisi E.F. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing