Farg‘onadagi mudhish YTHda ikki kishi o‘ldi
Jamiyat
−
03 yanvar 2024 13447 1 daqiqa
Farg‘ona-Chimyon avtomobil yo‘lida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
YTH bugun, 3 yanvar kuni soat 19:40 larda 4P-146 avtomobil yo‘lining Farg‘ona tumani Yangiobod MFY hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Nexia-3 rusumli avtomashina ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga shoshilib chiqishi oqibatida, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan Tracker rusumli avtomashinaga urilib, YTH sodir etgan.
Oqibatda Nexia-3 avtomobilida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025