Farg‘onada mast erkak sabab poyezd shoshilinch to‘xtatildi (video)
3-sahifa
−
12 may 2474 1 daqiqa
Joriy yilning 10 may kuni Farg‘ona viloyati hududida poyezd yo‘liga chiqib olgan mast erkak sabab elektrovoz to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 08:35 larda 729-sonli “Andijon–Toshkent” yo‘lovchi poyezdi “Qo‘qon–Buvayda” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 7-km 1-to‘siqda to‘xtagan. Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 08:32 larda 0001-sonli elektrovoz “Andijon–Marg‘ilon–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 729-sonli yo‘lovchi poyezdi tarkibidagi 8 ta vagon bilan Dang‘ara tumani “G‘umayli” MFY hududidagi temir yo‘l izlari orasida mast xolda harakatlanib yurgan fuqaro – 1983 yilda tug‘ilgan Z.A. ni urib yubormaslik maqsadida shoshilinch tarzda to‘xtatilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Poyezd soat 08:45 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatini davom ettirgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosining G‘afur G‘ulom bekatiga kirib kelayotgan 40-sonli harakat tarkibi yo‘liga ehtiyotsizlik oqibatida ayol kishi tushib ketgan edi. Hodisa oqibatida fuqaro jiddiy tan jarohati olmagan holda tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rik uchun olib ketilgan.
Live
Barchasi