Farg‘onada kollej “glavniy buxgalter”i 4,3 mlrdni o‘zlashtirib, onlayn qimorga tikib yubordi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisi uch yil davomida 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bosh hisobchi egallab turgan lavozimdan g‘araz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021 yillar davomida o‘ziga asossiz ravishda jami 4 mlrd so‘m ish haqi va ustama yozib olgan.

Shuningdek, kollej o‘qituvilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘qituvchilarga bildirmasdan o‘tkazib olgan.

Bosh hisobchi talon-taroj qilgan jami 4,3 mlrd so‘m mablag‘larni internet tarmog‘i orqali qimor o‘yinlariga tikib, sarf qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

BP xabariga ko‘ra, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona talon-toroj

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing