Farg‘onada qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi 

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi TKX Qidiruv bo‘limi va Quvasoy shahar IIB Probatsiya xodimlari hamkorlikda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Sh.A.ni qo‘lga olgan.

“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirishda ayblanib, bugungi kunda Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan o‘zbekistonlik qidiruvga berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing