Farg‘onada giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
21 dekabr 2023
5583Farg‘ona viloyatida xonadonida giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Kecha, 20 dekabr kuni 1972 yilda tug‘ilgan, Qo‘qon shahar, Bobur ko‘chasida yashovchi fuqaro B.Yu.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, og‘ilxonasida 1 kg “Opiy” va 50 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlangan. Ushbu giyohvandlik moddalari xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olinib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 moddasi bilan 273-moddasi 5-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijon va Farg‘onada Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlangandi.
LiveBarchasi