Farg‘onada fuqaro MIB xodimini temir bilan urdi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2019
5268Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Majburiy ijro byuro xodimi fuqaro tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, MIB Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.T (1997 y.t.) qarzdor M.X. dan (1986 y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borgan. M.X. MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan uning oyog‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 10 sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda aka-uka MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, urgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi