Farg‘onada erkak qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida erkak o‘z qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu holat Rishton tumanining “Mehnatobod” mahallasida sodir bo‘lgan. Ikki qo‘shni yashash xonadonlari chegaralari sababli janjallashib qolgan. 

Oqibatda qo‘shni bo‘lgan erkaklardan biri ikkinchisiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan. Jabrlangan fuqaro esa vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, ushbu jinoyat oqibatlari jamoatchilik orasida muhokama qilingan. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i mazkur holatda janjal yuzaga kelguniga qadar mahalla faollari buni sezmaganini, ularni murosaga keltirmaganini tanqid ostiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing