Farg‘onada er xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi
3-sahifa
−
12 iyun 2023
14414Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida er xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyun kuni soat 04:30 larda Beshariq tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik qismiga murojaat kelib tushgan. Unda tumanning “Yangihayot” mahallasi Saxovat ko‘chasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan Sh.X. ismli bola xonadonida otasi U.A. o‘zini osib, joniga qasd qilganini va o‘gay onasi Sh.A. jonsiz holatda topilganini aytgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak muqaddam jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan so‘ng, joriy yilning fevral oyidan boshlab Sh.A. bilan qonuniy nikohdan o‘tmay yashay boshlagan. Bu orada ularning munosabatlari sovuqlashib, tez-tez janjallashishgan.
Shu yilning 9 iyun kuni soat 23:00 larda ular yana janjallashgan va tortishuv davomida erkak ayolining yuz va tana sohalariga qo‘l hamda oyoq bilan urib, bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Shundan so‘ng, U.A. uyining devoriga o‘rnatilgan temir jismga oq matodan sirtmoq yasab, o‘zini osgan.
Holat yuzasidan 10 iyun kuni Beshariq tuman prokuraturasi tomonidan U.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgani, Sirdaryoda rafiqasini farzandining oldida o‘ldirgan erkak 18 yilga qamalgani hamda Namanganda er avval turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, yana bir holatda Surxondaryoda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka nisbatan hukm o‘qilgandi.
LiveBarchasi