Erkak avval xotinini o‘ldirib, keyin o‘z joniga suiqasd qilgan – BP

3-sahifa

image

Namangan davlat universiteti oldida erkak xotinini o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 6 may kuni soat 12:00 da Namangan davlat universiteti oldida 26 yoshli erkak o‘zining 23 yoshli turmush o‘rtog‘ini xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. 

So‘ng, u o‘ziga ham bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, o‘z joniga suiqasd qilgan. Shu vaqtda, voqea joyida bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘z joniga suiqasd qilgan erkak shifoxonaga xushsiz holatda olib borilgan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o‘rtog‘i bilan 2022 yilning yanvar oyidan buyon o‘zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan. Shundan so‘ng, u turmush o‘rtog‘ini o‘zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashq qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib kelgan. 

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat Namangan shahar Uychi ko‘chasi 316-uy (universitet joylashgan hudud) atrofida sodir bo‘lgani haqida dastlabki ma’lumot berilgan edi. Keyinchalik, erkak o‘zining turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgani, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Namangan Namangan davlat universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing