Buxoroda erkak xotinini pichoqlab, o‘ldirdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Kogon shahrida er rashk sababli ayolini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 28 may kuni soat 17:30 larda Kogon shahar “Beruniy” mahallasida 1992 yilda tug‘ilgan erkak 2 nafar farzandining onasi bo‘lgan, 1991 yilda tug‘ilgan ayoli bilan rashk tufayli janjallashgan. Oqibatda er oshxona pichog‘i bilan ayolning turli sohalari, ko‘krak, bo‘yin, qo‘llariga bir necha marotaba sanchib, qasddan o‘ldirgan.

Mahalla raisining ta’kidlashicha, mazkur oila ziyoli oila hisoblanadi. Oila bilan bog‘liq hech qanday muammolar chiqmagan. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro pichoqlab o'ldirdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing