Sirdaryoda xotinini farzandining ko‘z o‘ngida o‘ldirgan er 18 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
18 may 2023
6683Sirdaryoda xotinini o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy Sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, er xotinini begonalardan rashk qilib, muntazam janjal qilib kelgan. Ayol doimiy janjal sabab uch nafar bolasi bilan ota uyiga ketib qolgan hamda eri bilan ajrashmoqchi bo‘lgan.
Er xotinining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini tekshirganida, gaplashib yuradigani borligini bilib qolgan. Shundan so‘ng u jahl ustida pichoq bilan xotinining bir nechta joylariga zarba bergan.
Oqibatda ayol 10 yoshli farzandining ko‘z o‘ngida vafot etgan. Erkak esa voqea joyidan qochib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan erkak sud majlisida o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Shuningdek, u sudda bu ishga xotinining xiyonati va bolalarini unga ko‘rsatmagani sabab bo‘lganini ta’kidlagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi o‘qilgan. U 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 39 yoshli erkak Rossiyada ishlaydigan xotinining xiyonatiga chidolmasdan ikki o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgandi.
LiveBarchasi