Surxondaryoda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida o‘zining xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy Sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Sherobod tumanida 2022 yilning noyabr oyida 1971 yilda tug‘ilgan erkak 1989 yilda tug‘ilga, turmushidan ajrashgan 5 nafar farzandi bo‘lgan ayol bilan tanishgan. Ularning munosabatlari jiddiylashib, yakunda turmush qurgan. Ayol o‘zi bilan birga 11 yoshli nogiron farzandini ham olib, erkakning xonadonida yashay boshlagan. 

Oradan 2 oy o‘tib, ularning orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Sudlanuvchi turmush o‘rtog‘ining boshqa shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini gumon qilib, o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.

Oqibatda shu yilning 2 yanvar kuni soat 23:45 da sudlanuvchi yashash uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda voyaga yetmagan farzandining ko‘z o‘ngida turmush o‘rtog‘ini shafqatsizlarcha kaltaklab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng xonadonidagi yog‘och dastali temir tesha bilan ayol tanasining duch kelgan joylariga urib, bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan. 

Holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v" va "j" bandlari bilan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud sudlanuvchi biror bir foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, muqaddam bir necha marotaba qasddan og‘ir turdagi jinoyatni sodir etib, bundan xulosa chiqarmaganligini e’tiborga olib, yana o‘ta og‘ir jinoyatni qasddan sodir etgani uchun sudlanuvchini o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Ushbu shaxs jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing