Farg‘onada Damas ikkiga bo‘linib ketdi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
04 aprel
13438Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Damas avtomobili ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda “Ovoza” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Damas haydovchisi mashinalar oraliq masofasini saqlolmay, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Voqea oqibatida Damas avtomobiliga texnik zarar yetgan. Uning haydovchisi va yo‘lovchilari tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yuborilgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, muassasaga 2 nafar vafot etgan shaxs hamda bir bemor olib kelingan.
“Bemorning umumiy ahvoli og‘ir holatda bo‘lgan. Tan jarohati bo‘lgan. Bemor o‘z holiga kelgandan so‘ng, uni Qo‘qonga reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazdik”, degan shifokor.
Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketgani haqida xabar berilgandi. To‘qnashuv oqibatida haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar




