Farg‘onada Damas butkul yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 9 fevral kuni Farg‘onada Damas avtomobili to‘xtab turgan joyida yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa soat 10:45 larda Oltiariq tumani, “Bo‘rvonliq” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuz bergan. “Farg‘ona-Qo‘qon” yo‘nalishida, yo‘l chetida to‘xtab turgan, 1967 yilda tug‘ilgan A.G‘.ga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobil yong‘indan to‘liq zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Oltiariq tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Damas

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing