Farg‘onada bir ayol uch kishini pichoqladi
3-sahifa
−
28 noyabr 2022
15163Farg‘onada ayollar o‘rtasida chiqqan janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi. Bu hakqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Voqea joriy yilning 26 noyabr kuni Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan.
M.M.(ayol) Oltiariq tumani Bozorboshi mahallasi, “Yashilxiyobon” nomli istirohat bog‘ida tanishlari D.B., O.R. hamda U.R.lar bilan janjallashib, oshxona pichog‘i bilan urib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi "m" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosi oldida fuqaro o‘zini yoqmoqchi bo‘lganda to‘xtatib qolingandi.
LiveBarchasi