“Fara”ni yoqmagani uchun jarima to‘lagan haydovchilarga puli qaytariladimi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Hukumat dastlab qabul qilgan qaror bo‘yicha kunduzi avtomobillarning yaqinni yorituvchi yoki signal chiroqlarini yoqib yurmagani uchun bayonnoma rasmiylashtirilgan, ammo jarima to‘lashga ulgurmagan haydovchilarning ishi to‘xtatilishini xabar qilgan edik.

O‘zgartirish kiritilgan qaror bo‘yicha jarima to‘lab ulgurgan haydovchilarga pullari qaytariladimi?

Yo‘q, ayni vaqtgacha mazkur qaror yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan haydovchilarga puli qaytarilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Qonunchilikdagi yangiliklar“ matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 4 iyun kuni qabul qilingan qaroriga muvofiq, “faralar” bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yildi.

Ya’ni qarorga ko‘ra 2021 yil 1 yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror jarima fara

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing