Farhod Mannopovning sudi OAVda yoritilmaydigan bo‘ldi
3-sahifa
−
24 Oktabr 2023
7474Joriy yilning 5 mart kuni "Mittivine" taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov “Star med center” klinikasida burun operatsiyasini boshdan o‘tkazayotgan vaqti vafot etgan edi. Holat yuzasidan tergov harakatlari tugab, sud ishi boshlandi. Mazkur sud jarayoni OAVda yoritilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda bugun, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi sud majlisida qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Sud jarayonlarini OAVda yoritilmasligi haqidagi iltimosnoma marhum Farhod Mannopovning advokati tomonidan bildirildi. Marhumning onasi advokat taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Ayblanuvchilar va ularning himoyachilari esa OAV yoritishi yoki yoritmasligi masalasini hal qilishni sudga havola qildi.
Sud mazkur macala ochiq sud majlisida ko‘rilishini inobatga olib, OAV xodimlari sud jarayonlarida qatnashishi mumkinligi, sud hukmi o‘qilib, hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, sud jarayoni OAVda yoritilmasligi haqida ajrim qildi.
O‘z navbatida, himoya tomonning sud jarayonlarini audio formatda yozib borilishi haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirildi.
Mannopov ishi
Joriy yilning 5 mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etgan edi. U bir necha kun avval do‘stlari bilan basseynda suzayotgan vaqtida boshi va burnidan jarohat olgan. Shu sabab u burnini operatsiya qildirish maqsadida Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan "Star med center" xususiy klinikasiga murojaat qilgan. O‘shanda Bosh prokuratura holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Mannopovning operatsiyasida ishtirok etgan anestiziolog va reanimatolog, plastik jarroh shifokori, laborant shifokorining malakaviy toifalari va sertifikatlari bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan edi.
Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida Farhod Mannopovning vafoti ortidan Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyani bekor qilishni so‘ragani yuzasidan iqtisodiy sud 15 may kuni boshlangan edi.
Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda klinikaning bir nechta san’atkorlar tomonidan reklama qilinish holatlari kuzatildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Omad plyus” MCHJga qarashli “Star med center” klinikasiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza kiritilganini ma’lum qilgandi.
Joriy yilning 2 iyunida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan ariza talabi qanoatlantirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Omad Plus” MCHJga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 27390032-sonli litsenziyasi bekor qilinishi belgilandi.
Shundan so‘ng “Star med” klinikasi sud qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. 13 iyul kuni Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlisida mazkur masala ko‘rib chiqildi va sudlov hay’ati tomonidan javobgarning iltimosnomasi qanoatlantirildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr