Falcon 9 raketasi orbitaga Turkiya sun’iy yo‘ldoshi bilan uchirildi

Texnologiya

image

Kecha, 7 yanvar kuni Falcon 9 raketasi AQSHning Florida shtatidagi kosmodromdan uchirildi. Uning bortida Turkiya uchun aloqa sun’iy yo‘ldoshi mavjud. Bu haqda SpaceX korporatsiyasi rahbari Ilon Mask xabar bergan. 

Raketa mahalliy vaqt bilan soat 21:15 (Toshkent vaqti bilan 8 yanvar soat 07:15) da uchirilgan. 

Falcon 9 Turkiyaning fuqarolik va harbiy ehtiyojlari uchun signallarni uzatishga mo‘ljallangan “Turksat 5A” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqadi. 

Ma’lumot uchun, Crew Dragon’ga ega Falcon 9 raketasi 2020 yil 15 noyabr kuni birinchi marta to‘rtta astronavt bilan Xalqaro kosmik stansiyaga uchirilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask Amazon rahbari Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyodagi eng boy odamga aylanib oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Falcon 9

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing