Falcon 9 to‘qqizinchi bor internet sun’iy yo‘ldoshlarini fazoga olib uchdi

Texnologiya 2956
image

Bugun, 13 iyun kuni AQSHning Sharqiy sohilidagi Kanaveral (Florida) kosmodromidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi parvoz qildi. U to‘qqizinchi bor  Starlink mikro sun’iy yo‘ldoshlarini fazoga olib chiqishni rejalashtirgan. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Starlink’ning 58 ta sun’iy yo‘ldoshidan tashqari, Planet Labs kompaniyasining uchta qurilmasi ham fazoga olib chiqiladi. Ular ko‘chma teleskop va yuqori aniqlikdagi kamera bilan jihozlangan va Yer yuzasini orbitadan kuzatib borish uchun mo‘ljallangan.

Starlink tarmog‘ining juda katta miqdordagi (og‘irligi 500 kg gacha) qurilma vositalarini butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu aloqa tizimi hamma joyda, shu jumladan, borish qiyin va kam aholi yashaydigan joylarda ham 5G standartiga mos keladigan, soniyasiga 1 gigabit tezlikda internetga ulanishni ta’minlaydi.

Dastlabki bosqichda, SpaceX 2020 yil oxiriga qadar AQSHning janubi aholisi uchun yuqori tezlikda internetga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, orbitaga jami 11 mingta yo‘ldoshni joylashtirish va ularni ishga tushirish 10 milliard dollarga tushadi. 2019 yil may oyida birinchi 60 ta sun’iy yo‘ldosh kosmosga chiqarildi, o‘sha yilning noyabr oyida Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi konstruksiyasi orbitaga chiqarildi. Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi bosqichlar joriy yilning yanvar va fevral oylarida, oltinchisi martda, yettinchi va sakkizinchisi aprel va iyun oylarining boshlarida bo‘lib o‘tadi.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 55
Reyting: 3
Teglar
t
×