Ilk bor havaskor kosmonavtlar kosmosga uchib ketdi
Olam
−
12 Sentabr
3179Havaskor astronavtlar ilk bor koinotga chiqdi. Ular Crew Dragon kosmik kemasidagi Polaris Dawn tijorat missiyasi ishtirokchilari bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, amerikalik tadbirkor Jared Ayzekman, AQSH Harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi uchuvchisi Skott Potit, muhandislar Anna Menon va Sara Gillis koinotga uchib ketdi. Ularni kemadan tashqariga chiqarish Polaris Dawn missiyasining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Missiya ishtirokchilari atigi besh kun ichida 40 ga yaqin tajriba o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Nashrga ko‘ra, Falcon 9 raketasi Crew Dragon kosmik kemasi bilan 10 sentyabr kuni 05:24 da (mahalliy vaqt bilan ) Floridadagi Jon Kennedi nomidagi kosmik markazidan uchirilgan. Polaris Dawn tijoriy missiyasi doirasida kema pastki Yer orbitasida amaliyot o‘taydi.
Ma’lumot uchun, SpaceX asoschisi Ilon Mask Polaris Dawn kosmik ekspeditsiyasi ekipaji barcha mamlakatlarning yarim asrlik kosmik parvozlarida Yerdan eng uzoq masofada bo‘lishini ma’lum qildi. Kema odamlar bilan 1400 kilometr past Yer orbitasini tark etadi. Taqqoslash uchun, Xalqaro kosmik stansiya taxminan 400 kilometr balandlikda Yer atrofida aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Soyuz MS-26” kemasi ikki nafar rossiyalik va bir amerikalik kosmonavt bilan Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yetib borgan edi.
LiveBarchasi