Starlink’ning yangi partiyasi havoga ko‘tarildi 

Texnologiya

image

Falcon 9 raketa-tashuvchisi Floridada Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining yangi partiyasi bilan havoga ko‘tarildi. SpaceX uchirishni jonli efirda namoyish etdi.  

Raketa bugun, 30 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:27 da Kanaveral burni kosmodromidan uchirilgan. U orbitaga 53 ta qurilmani chiqaradi. 

Ta’kidlanishicha, parvozda foydalanilgan raketaning birinchi bosqichi uchun bu oltinchi uchirishdir. U 2020 yil noyabr oyidan beri foydalanilmoqda. 

Starlink — bu dunyoning istalgan nuqtasida internetga keng polosali ulanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan keyingi avlod sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i. SpaceX loyihani 2018 yilning fevral oyida ishga tushirgan. Sun’iy yo‘ldoshlarning yangi partiyalarini uchirish muntazam ravishda amalga oshiriladi, oxirgisi joriy yil 21 aprelda bo‘lib o‘tgan. 

Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda orbitada 2,1 mingdan ortiq Starlink sun’iy yo‘ldoshlari ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Falcon 9 Starlink

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing