Ukrainada Starlink bilan barqaror aloqa tiklandi

Olam

−

image

Ukrainada jang maydonida barqaror internet va aloqani ta’minlaydigan Starlink tizimining işlaşi tiklandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakat rasmiylari bugun, 24 oktyabr kuni Ilon Maskning Starlink tarmoğiga ulaniş tiklanganini ma’lum qilgan. Bu xizmat sababli AQŞ bilan munosabatlar keskinlaşganidan söng yuz bergan.

“Monitoring tizimlari Starlink va Starshield işlaş tezligi tiklanganini aniqladi. Biz 400 km/soatdan yuqori tezlikni qayd etmoqdamiz, ulaniş barqaror. Bu natija birinçi navbatda, front, harbiylar, dronlar faoliyati, logistika va aloqa uçun muhim”, deydi Ukraina Mudofaa vaziri Yevgeniy Xmara öz bayonotida. 

Ma’lumot uçun, Starlink va uning harbiy versiyasi Starshield Ukraina armiyasi operatsiyalari uçun muhim ahamiyatga ega. Ular bevosita jang maydonida barqaror internet va aloqani ta’minlaydi. Biroq sönggi haftalarda ukrainalik harbiylarning uşbu xizmatdan harbiy maqsadlarda foydalanişga çeklovlar joriy etilgani haqidagi xabarlaridan söng, xizmat Vaşington va Kiyev örtasidagi kelişmovçilik markaziga aylangan.

Ukraina Prezidentining harbiy texnologiyalar böyiça maslahatçisi Sergey Beskrestnov ötgan hafta SpaceX kompaniyasi oldindan ogohlantirmasdan, tunda tezlikni çeklaganini aytgan.

“Mudofaa kuçlarimiz uşbu çeklov haqida oldindan ogohlantirilmadi, bu esa bir neçta operatsiyaning barbod bölişiga olib keldi”, deb yozgan Beskrestnov özining Telegram-kanalida.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp SpaceX rahbari Ilon Maskka qönğiroq qilib, Ukrainada Starlink sun’iy yöldoş aloqa tizimining harbiy versiyasi – Starshield faoliyatiga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaşni söragan edi.

Jasmina Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing