Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Xavfsizlik Kengashida yig‘lab yubordi (video)
Olam
−
04 yanvar
13527BMT Xavfsizlik Kengashining kecha, 3 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilishida Falastinning tashkilotdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur yig‘lay boshladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Diplomat Isroil hujumida halok bo‘lgan falastinlik shifokor Mahmud Abu Nujayl haqida gapirar ekan, ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Mansur jarrohlik taxtasida qoldirilgan shifokor xabarini o‘qib, his-tuyg‘ularini jilovlay olmadi.
“Kim oxirigacha qolsa, bizning hikoyamizni aytib beradi. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Bizni eslang. Bizni eslab qoling”, deya iqtibos keltirgan Falastinlik doimiy kuzatuvchi shifokorning maktubini o‘qib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi Indoneziya shifoxonasining to‘rt bemorini hibsga olgandi. bemor G‘azo shahridagi Indoneziya shifoxonasidan “Ash-Shifo” shifoxonasiga ko‘chirilayotgan paytda Isroilning bosqinchi kuchlari tomonidan hibsga olingan. Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, hibsga olinganlardan biri og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi