Falastinni tan olish bo‘yicha keyinga qoldirilgan konferensiya shu oyda bo‘lib o‘tadi

Olam

image

Dastlab iyun oyiga mo‘ljallangan Yaqin Sharq bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BMT Bosh assambleyasi 79-sessiyasi raisining rasmiy vakili Sheron Birch ma’lum qildi.

“Konferensiya 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi”, dedi u.

17-20 iyun kunlari Saudiya Arabistoni va Fransiya BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida Isroil-Falastin mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal etishga qaratilgan global sa’y-harakatlarni ilgari surish maqsadida yuqori darajadagi konferensiya tashkil qilishi kerak edi. 13 iyun kuni Isroil va Eron o‘rtasida qurolli mojaro avj olgani munosabati bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tadbir “logistika va xavfsizlik masalalari” tufayli qoldirilganini ma’lum qildi.

Umuman olganda, Falastinni BMTning 148 a’zosi tan oladi. 95 davlatda Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari mavjud.

Ma’lumot uchun, “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili 1967 yilgi chegaralar doirasida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan, Isroil bilan tinch-totuvlikda yashayotgan mustaqil Falastinni yaratishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kecha, 8 iyul kuni Britaniya parlamentida Lordlar palatasi va Quyi palata a’zolari oldida qilgan chiqishida Buyuk Britaniya hukumatini Falastin davlatini tan olishga chaqirgandi. Uning fikricha, bu qadam Yaqin Sharqda tinchlikka erishishning yagona yo‘lidir.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing