Falastin guruhlari G‘azoga qilingan hujumlar uchun qasos olishga va’da berdi
Olam
−
13 may 2023
5007G‘azo sektorida faoliyat yuritayotgan falastinlik guruhlar, o‘lgan har bir vatandoshining qoni uchun Isroildan qasos olishlarini bildirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Aytilishicha, “Islomiy jihod” harakati a’zosi Iyad al-Hasan G‘azoda Isroil havo hujumi oqibatida halok bo‘lganidan keyin Falastin guruhlari, jumladan, HAMAS va “Islomiy jihod”ning qo‘shma bayonoti e’lon qilingan.
Bayonotda aytilishicha, Falastin fraksiya yetakchilarining Isroil o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lishi ularning oldingi safda jang qilayotganidan dalolat beradi.
“Bizning urushimiz davom etmoqda. Bu bizga qanchalik qimmatga tushmasin, biz o‘liklarning qonini yer yuzida qoldiramiz”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 mayga o‘tar kechasi Isroil armiyasi G‘azo sektori blokadasidagi Falastin anklaviga zarba bergandi. Havo hujumi oqibatida 13 kishi qurbon bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi.
LiveBarchasi