Facebook Sukerbergning xavfsizligi uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerbergning xavfsizligi uchun 2020 yilda kompaniya tomonidan 23 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Bu haqda "Fox News" tegishli hujjatlarga asoslanib xabar bergan.  

Xususan, "Sukerbergning yashash joylarida va sayohat paytida shaxsiy xavfsizligi" uchun 13,4 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflangan, yana 10 million dollar kompaniya asoschisining oilasi xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatilgan. 

Facebook kompaniyasining bosh direktori uchun xavfsizlik xarajatlari 2019 yildagidan oshgan, o‘sha yili unga taxminan 20,4 million dollar ajratilgan. 

"2020 yilda xarajatlarning o‘sishi asosan uning shaxsiy sayohati, COVID-19 pandemiyasi paytida xavfsizlik protokollari bilan bog‘liq xarajatlar, AQSHdagi saylovlar va boshqa yuqori xavfli davrlarda himoyaning kuchayishi bilan bog‘liq", deyilgan kompaniya hujjatlarida.


Maqola muallifi

Teglar

Tsukerberg

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing