Sukerberg yana Trampni yo‘qlab bordi
Olam
−
13 yanvar
3829Meta rahbari va Facebook asoschisi Mark Sukerberg Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "The Economic Times" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sukerberg uchrashuvga shaxsiy Gulfstream G650 samolyotida kelgan.
Ma’lum qilinishicha, Mark Sukerberg Mar-a-Lagoda ko‘k kostyum, qizil galstuk va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqib chiqqan. Aniq nima muhokama qilingani hozircha noma’lum. Biroq bu Tramp va Sukerberg o‘rtasidagi birinchi muloqot emas: ular avvalroq hukumatning kelajakdagi siyosatini muhokama qilishgan va bir nechta shaxsiy telefon suhbatlari o‘tkazgan.
Sukerberg “global miqyosdagi senzura”ga qarshi kurashda Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagan. Yaqinda bergan intervyusida u Bayden ma’muriyatini ham tanqid qilib, uni Facebook'ga koronavirus pandemiyasi paytida ba’zi xabarlarni olib tashlash uchun bosim o‘tkazishda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sukerberg Trampning inauguratsiyasiga 1 million dollar xayriya qilgan, ko‘plab tahlilchilar buni kelayotgan ma’muriyat bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar sifatida talqin qilgandi. Tramp esa o‘zining “Amerikani qutqarish” kitobida Sukerbergni 2020 yilgi saylovlarda o‘ziga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblagan va 2024 yilgi saylovlarga aralashgani aniqlansa, unga umrbod qamoq jazosi bilan tahdid qilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar