Mask Sukerbergga jang o‘rniga og‘zaki debatni taklif qilmoqchi

Sport

image

Kuni kecha Sukerberg bilan jangi Italiyadagi Kolizey amfiteatrida bo‘lib o‘tishiga rozilik bildirgan Ilon Mask endi Facebook asoschisiga o‘zaro to‘qnashuvni “madaniyatli” debat bilan almashtirishni taklif qilmoqchi. Bu haqda “Business Insider” nashri xabar berdi. 

Maskning harakatlari OAV tomonidan jangdan qochish sifatida baholanmoqda. Ko‘plab ingliz nashrlari “Mask Sukerberg bilan qafasdagi jangidan qutulish uchun juda ko‘p bahona izlayotganga o‘xshaydi”, deb yozyapti. Chunki u yaqindagina Sukerbergning jang sanasini aniq qilish haqidagi taklifidan so‘ng sog‘lig‘i yomonlashganini va tekshiruvlardan o‘tishi kerak ekanligini aytgandi. 

Gap shundaki, TED rahbari Kris Anderson X sahifasida “Qafas jangida “Qanday qilib ajoyib kelajakni qurish” mavzusida munozara qilish eng yaxshi fikr”, deb yozdi. 

 “Munozara ham yaxshi fikrdek tuyulyapti. Bu haqiqiy jangdan qolishmaydi”, deb yozdi Mask bu taklifga javoban.

Eslatib o‘tamiz, Maskning onasi ham iyun oyida jang bekor qilingani haqida gapirgan va ular bir-birlarini urish o‘rniga “faqat so‘zlar bilan kurashishlari” kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jang debat Mask Tsukerberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing