Fyuri Jalolovni mag‘lub etgan bokschiga qarshi jang qilmoqchi emas

Sport

image

Professional boksning superog‘ir vazn toiqasida WVC kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1) Dillian Uayt va Jo Joysga qarshi jang ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Meni Jo Joys yoki Dillian Uaytga qarshi jang qiziqtirmaydi. Faqatgina ikkita jangga rozi bo‘laman: Entoni Joshua yoki Aleksandr Usik. Boshqa hech kim qiziqtirmaydi”, deydi Fyuri.

Fyuri, shuningdek, 2022 yilning fevral oyida Usikt (19-0) va Joshua (24-2) o‘rtasidagi revansh jangi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tarilish istagida ekanini ma’lum qildi.

“Fevralda ikkisining jangini ko‘ramiz, to‘g‘rimi? Noyabr oyiga qadar ko‘p narsa sodir bo‘lishi mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik promouter Aleksandr Krasyuk agar Usik Joshua ustidan g‘alaba qozonsa, WVC chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tarilishini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Jo Joys (11-0) 2016 yilgi Rio Olimpiadasining chorak finalida Bahodir Jalolovni (8-0) mag‘lub etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Tayson F'yuri Dillian Uayt Jo Joys

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing