Fyuri “nigohlar jangi”da Usikning ko‘ziga qaramadi (video)

Sport

image

WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyuri jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanidan keyingi “nigohlar jangi” chog‘ida ukrainalik bokschi hamda WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usikning ko‘ziga qaramadi.

Tomonlar o‘rtasidagi to‘qnashuv Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida 18 may kuni bo‘lib o‘tadigan boks turnirining asosiy jangi etib belgilangan.

Ikkala bokschi ham profringdagi faoliyati davomida mag‘lubiyatga uchramagan. Usik hisobida 21 ta g‘alaba bor. U oxirgi marta 2023 yil 26 avgustda ringga chiqib, britaniyalik Daniel Dyubuani nokautga uchratgandi.

Tayson Fyuri esa so‘nggi jangini og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni kamerunlik Fransis Ngannuga qarshi o‘tkazib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made