Fyuri bilan jang bo‘lishiga ishonaman – Aleksandr Usik

Sport

image

Og‘ir vaznda WBA, WBO, IBO va IBF yo‘nalishlari chempioni ukrainalik bokschi Aleksandr Usik 18 may kuni WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyuri bilan jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men jang o‘tkazilish ehtimoli qay darajada ekanligini bilmayman. Jang bo‘lishiga ishonaman. 100 foiz emas, balki 70 foizga yaqin. Ammo ertami-kechmi Fyuri bilan to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi”, deydi Usik.

Qayd etish joiz, jang dastlab 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Fyuri sparring vaqtida jarohat oldi va bahsdan bosh tortdi. Endi bokschilar 18 may kuni to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Fyuri o‘tgan yili oktyabr oyidagi so‘nggi jangida kamerunlik Frensis Ngannuni mag‘lub etdi. Usik esa 2023 yilning avgustida Daniyel Dyubuani mag‘lub etdi.

E’tiborlisi, Usik-Fyuri o‘rtasidagi jang oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi. Unga chernogoriyalik Dilan Prashovich raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing