Yozuvchi Isajon Sulton o‘z lavozimini yo‘qotmadi
Jamiyat
−
02 mart 2023
6349Yozuvchi Isajon Sulton (Isajon Abdurayimovich Sultonov) – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar Isajon Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Gap shundaki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishi natijasida Innovatsiyalarni rivojlantirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi birlashtirilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi deb nomlangan edi. Unga Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov vazir etib tayinlangan edi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan axborot siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va raqamli texnologiyalar masalalari bo‘yicha quyidagi vazir maslahatchilari tayinlandi:
Nazokat Usmonqulovna Abduqunduzova – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga;
Bobur Kamolovich Rahimov – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi