Everest yaqinida vertolyot quladi. Tiriklar yo‘q

Olam

image

Nepaldagi Everest cho‘qqisi yaqinida vertolyot qulab tushishi oqibatida bortdagi barcha odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda “Kathmandu Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 11 iyul kuni Nepalning Manang Air kompaniyasiga tegishli bo‘lgan vertolyot Solukumbu tumanidagi Surki shahridan havoga ko‘tarilgan. Oradan 15 daqiqa o‘tib, u bilan aloqa uzilgan. Vertolyot poytaxt Katmanduga yo‘l olgan. Bortda beshta meksikalik sayyoh va nepallik uchuvchisi bo‘lgan.

Hozirda halokat sabablari noma’lumligicha qolmoqda. Nepalning fuqaro aviatsiyasi regulyatori va hukumat tergov qo‘mitasi o‘rganish ishlari olib borayotganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

vertolyot Everest

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing