Eski “prava”ni bayram kunlarida ham yangisiga almashtirish mumkinligi aytildi
Jamiyat
−
16 mart 2023
5202O‘zbekistonda joriy yining 18, 19, 20 hamda 22 mart kunlari Davlat xizmatlari markazi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirish imkoni yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 31 mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishi, 2010 yilgacha berilgan eski “prava”lar haqiqiy emas deb hisoblanishi va belgilangan muddatda hujjatini almashtirmaganlar sonining ko‘pligini hisobga olib, shu qarorga kelingan.
Buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko‘rib chiqilgan. Bunda, yuqorida qayd etilgan kunlarda davlat xizmatlari markazlari hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari orqali haydovchilar ertalab soat 9:00 dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil fevraldan boshlab hozirgi kunga qadar 5 500 dan ortiq fuqaro ushbu taklif etilayotgan tartibdan foydalangan holda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirgan (pochta orqali uylariga yetkazib berilgan).
Eslatib o‘tamiz, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati davriyligiga qarab turlicha bo‘lib, eng so‘nggi muddat joriy yilning 31 dekabrigacha etib belgilangan.
LiveBarchasi