Eski narsalarni yo‘q qilish kerak – Ronaldu MYUdagi o‘zgarishlar haqida

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar”ning ambitsiyalari va haqida gapirdi.

“Men MYUning mentaliteti Angliya Premer ligasida kuchli uchlikdan past ekanligini qabul qilmayman. Menimcha, yaxshi narsa yaratish uchun ba’zida eski narsani yo‘q qilish kerak. Xo‘sh, nega unday bo‘lmasligi kerak – yangi yil, yangi hayot va umid qilamanki, “Manchester Yunayted” muxlislar istayotgan darajaga erisha oladi. Muxlislarimiz bunga loyiq”, deydi Ronaldu.

Shuningdek, Ronaldu jamoada birinchi navbatda nimani o‘zgartirish kerakligini ta’kidladi: 

“Endi biz nimanidir o‘zgartirishga qodirmiz. Men hamma narsani o‘zgartirishni qanday boshlashni bilaman, lekin buni aytmayman. Chunki bu men uchun axloqsizlik bo‘ladi. Aytishim mumkinki, biz yaxshiroq o‘ynay olamiz – hammamiz. “Manchester Yunayted” hozirgi vaziyatni o‘zgartirishi kerak. Men APLda oltinchi, yettinchi o‘rinlarda bo‘lishni xohlamayman va g‘alaba qozonish, raqobatlashish uchun kelganman. O‘ylaymanki, biz allaqachon raqobat yaratmoqdamiz, lekin hali eng yaxshi darajaga erishganimiz yo‘q. MYU yaxshilanishi uchun uzoq yo‘l bosib o‘tishi kerak”.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu bosh murabbiy Ralf Rangnik haqida o‘z fikrlarini bildirib, unga biroz vaqt kerakligini aytib o‘tgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Rangnik

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing