Ertaga O‘zbekistonda favqulodda holat e’lon qilinishi rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar ertaga, 6 aprel sanasidan O‘zbekistonda favqulodda holat e’lon qilinishi haqida videoyozuvlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan rasmiy axborot berildi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda favqulodda holat e’lon qilinishi haqidagi xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

2465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing