Ertaga Ursula fon der Lyayen Kiyevga boradi

Olam

image

Ertaga, 9 may kuni Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirish uchun Kiyevga boradi. Bu haqda bugun, 8 may kuni YeK matbuot xizmati rahbari Erik Mamer Bryusseldagi brifingda ma’lum qildi.

“Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ertaga Kiyevga boradi. Yevropa kunida u Ukrainani to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni bildiradi”, degan Erik Mamer. 

Shuningdek, Mamer Prezident Zelenskiy va Ukraina xalqiga YeIni birlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun “Buyuk Karl” mukofotini berishga qaror qilinganini aytgan.

Mamerning ta’kidlashicha, Kiyevdagi Yevrokomissiya rahbarining asosiy maqsadi Yevropa Ittifoqining Ukrainaga qurol yetkazib berishni davom ettirish niyatini tasdiqlash bo‘ladi.

E’tiborli jihati shundaki, Rossiya bosqini boshlangandan beri Bryussel Yevropa siyosatchilarining Kiyevga tashriflari haqida ular voqea joyiga kelganidan keyingina xabar berib kelgan. Bu har doim ularning xavfsizligi bilan bog‘liq masala sifatida izohlangan. Yevrokomissiya nima uchun bu safar istisno qilinganligini tushuntirmagan.

Ma’lumot uchun, 9 may kuni Yevropa Ittifoqida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alaba emas, balki Yevropa kuni nishonlanadi. 1950 yil 9 mayda Fransiya Tashqi ishlar vaziri Robert Shuman Yevropa ko‘mir va po‘lat hamjamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qilgan. Bu esa Yevropa integratsiyasi jarayonini boshlab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Ursula fon der Lyayen Kiev Evrokomissiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing